ILMA O‘zbekiston sug‘urta bozorining 2024-yil yakuni bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.
Manba: ILMA
Unga ko‘ra, 2024-yilda 33 ta sug‘urta tashkiloti tomonidan qariyb 9,7 mlnta yangi sug‘urta shartnomasi tuzildi. Eng ko‘p shartnoma Apex Insurance sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuzilgan bo‘lib, ularning soni qariyb 1,57 mlntani tashkil etdi.
Manba: ILMA
Mijozlar tomonidan sug‘urta kompaniyalariga 143,7 ming ta da’vo kelib tushdi. Eng ko‘p da’vo qariyb 33,7 ming ta bo‘lib, Gross sug‘urta kompaniyasida qayd etildi.
Manba: ILMA
Shuningdek, 2024-yilda sug‘urta mukofotlarining miqdori qariyb 9,8 trln so‘mga yetdi. Apex Insurance bu borada ham yetakchilik qildi. Uning mukofotlari hajmi qariyb 3 trln so‘mni tashkil etdi.
Sug‘urta mukofoti bu — sug‘urta shartnomasiga asosan sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga to‘lanadigan pul mablag‘idir.
Manba: ILMA
2024-yil davomida sug‘urta kompaniyalari tomonidan to‘langan sug‘urta to‘lovlari esa 2,2 trln so‘mdan oshdi. Apex Insurance bu borada ham yetakchilik qildi. Bunda uning sug‘urta to‘lovlari miqdori qariyb 766 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Sug‘urta to‘lovlari bu — sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga to‘lanadigan pul mablag‘idir.
Mana: ILMA
Sug‘urta majburiyatlari esa, qariyb 2 702,1 trln so‘m bo‘ldi. Bu borada O‘zbekinvest sug‘urta kompaniyasi yetakchilik qildi. Uning majburiyatlari miqdori 444,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Sug‘urta majburiyatlari bu — sug‘urtalovchi qildiruvchining o‘z zimmasiga olgan huquqiy va moliyaviy majburiyatlaridir.
Manba: ILMA
Avvalroq, 2024-yilda rasmiylashtirilgan avtosug‘urtalar soni 5 mlndan ko‘proq bo‘lgani haqida yozgandik.