Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yilning 31-yanvarida elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini narxlarini oshirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan edi.
Mazkur qarorga ko‘ra, 2025-yilning 1-may sanasidan boshlab elektromobillarni import qilishda utilizatsiya yig‘imi quyidagicha belgilanadi:
- Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun yig‘im BHMning 120 baravari (45 million so‘m) miqdorida belgilanmoqda. Hozirgi paytda ushbu yig‘im 30 BHMga (11 million so‘mdan ortiq) teng.
- Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan elektromobillar uchun yig‘im BHMning 210 baravari (78,75 million so‘m) miqdorida belgilanmoqda. Hozirda bu yig‘im 90 BHMga (33 million so‘mdan ortiq) teng.
Mazkur qaror faqat sof elektromobillarga tatbiq etilishi ta’kidlangan edi. Biroq gibrid avtomobillar bundan mustasno ekanligiga ko‘pchilik e’tibor bermagan.
Shunday qilib, 2025-yilning 1-mayidan boshlab kuchga kiradigan utilizatsiya yig‘imi yangi narxlari faqat sof elektromobillarga nisbatan qo‘llaniladi. Gibrid avtomobillar esa bundan mustasnodir.
Avvalroq, mazkur yig‘im mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qo‘llanilmasligi haqida yozgandik.