Markaziy bank boshqaruvining qaroriga ko‘ra, 4 ta mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritilib, hisob ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ular quyidagilar:
- "BRIGHT FUTURE FINANCING MIKROMOLIYA TASHKILOTI" MCHJ
- "MUVAFFAQIYAT MIKROMOLIYA TASHKILOTI" MCHJ
- "URBAN FINANCE SOLUTIONS TASHKILOTI" MCHJ
- "XON SAROY MOLIYA" MCHJ
Shunday qilib, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan mikromoliya tashkilotlari soni 125 taga yetdi.
Avvalroq, 2024-yilda MMTlar va lombardlarning umumiy sof foydasi 1 trln so‘mga yetgani haqida yozgandik.