AloqaVentures Romchi startapiga $50 ming investitsiya kiritdi

16.04.2025 08:14

3

16-aprel kuni AloqaVentures fondi Romchi startapiga 50 ming dollar miqdorida sarmoya kiritganini ma’lum qildi. Mazkur startap eshik-deraza tannarxini hisoblash, moliyaviy nazorat, ombor boshqaruvi, xodimlar boshqaruvi hamda statistik tahlillar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Foto: Romchi

16-aprel kuni AloqaVentures fondi Romchi startapiga 50 ming dollar miqdorida investitsiya kiritganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Romchi Startup Garage’ning Toshkent viloyati filiali a’zosi ham hisoblanadi.

Romchi startapining Android qurilmalari uchun ilovasi mavjud bo‘lib, bugungi kunda 11 mingdan ziyod faol foydalanuvchiga ega.

Mazkur ilova quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • Eshik-deraza tannarxini hisoblash;
  • Moliyaviy nazorat;
  • Ombor boshqaruvi;
  • Xodimlar boshqaruvi;
  • Statistik tahlil.

Romchi startapining kelgusi rejasi Markaziy Osiyo va MDH davlatlari bozorini egallash hamda Romchi sun’iy intellektini ishga tushirishdan iborat.

Avvalroq, AloqaVentures Onlayn Hamshira startapiga investitsiya kiritgani haqida yozgandik.

#startap garage#startap#aloqaventures#romchi

Eng ko'p o'qilgan