2025-yil 21-aprel kuni "Click" AJ ustav kapitalini ko‘paytirish maqsadida umumiy qiymati 10 mlrd so‘mni tashkil etadigan, bir donasining minimal qiymati 1 ming so‘m bo‘lgan 10 mln dona aksiya chiqaradi.
Shu yo‘l bilan kompaniyaning ustav kapitali 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mga yetkaziladi.
Mazkur aksiyalar joriy aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqini taqdim etgan holda, yopiq obuna orqali joylashtiriladi.
Ushbu aksiyalarning joriy aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi quyidagicha:
- Rustamov Ulug‘bek Shaxzodovich – 500 000 dona
- Fayziyev Rustam Murodjonovich – 500 000 dona
- Abdukadirov Baxodir Miragzamovich – 500 000 dona
- Azimov Ilyas Ulug‘bekovich – 3 500 000 dona
- G‘ulamqodirov Azizillo Izotillayevich – 2 500 000 dona
- Azimov Ilxom Ulug‘bekovich – 2 000 000 dona
- Usmanov Jahongir Mirjalilovich – 500 000 dona
Yuqorida nomi keltirilgan Rustamov Ulug‘bek, Fayziyev Rustam hamda Abdukadirov Baxodir Click’ning asoschilari hisoblanadi. Biz ushbu asoschilar va Click tarixi haqida avvalroq yozgandik.
Shuningdek, Azimov Ilxom Click’ning Kuzatuv kengashi raisi, Usmanov Jahongir esa Kuzatuv kengashi a’zosi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, hozirda Click’ning raqobatchisi bo‘lgan Paynet’ning ustav kapitali 558 mlrd so‘mdan ko‘proqni tashkil etadi.
Foto: stat.uz