2025-yilning 26-mart kuni Markaziy bank Maroqand to‘lov tashkilotiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi.
Mazkur tashkilot UPay savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi va HUMANS aloqa operatoriga tegishli hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning 2-oktyabr sanasida Maroqand to‘lov tashkilotiga 6 oylik cheklov qo‘yilgandi. Bunga Upay orqali taqiqlangan xizmatlar (qimor o‘yinlari) uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yib kelganligi sabab bo'lgandi.
Shundan so‘ng, HUMANS ilovasida moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish imkoni bo‘lmay qolgandi. Ayni paytda ilovada bu xizmatlar ishlamoqda.
Avvalroq, UPay hammuassisi Behzod Botirovning Pay Way to‘lov xizmatini sotib olgani haqida yozgandik.