Raqobat qo‘mitasi Tenge Bank’ka reklama qonunchiligini buzganligi uchun moliyaviy jarima qo‘lladi.
Bunga bankning OAVlarda Tenge24 ilovasi orqali osongina 50 mln so‘mgacha onlayn mikroqarz berish haqidagi reklamalari sabab bo‘lgan.
Mazkur reklamada mikroqarzning yillik foiz stavkasi, muddatlari hamda boshqa shartlari ko‘rsatilmagan. Bu esa reklama to‘g‘risidagi qonunning 43-moddasiga zid hisoblanadi.
Qo‘mita ushbu holat yuzasidan Tenge Bank’ka moliyaviy jarima qo‘llab, kelajakda bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, Tenge Bank joriy yilning 7-mart sanasida ham reklama qonunchiligini buzgani sababli jarimaga tortilgan edi.