2024-yilda Pepsi brendi qariyb $10 mlrd sof foyda oldi

13.02.2025 05:45

18

2024-yilda AQShning Pepsi brendi 9,57 mlrd dollar sof foyda oldi. Bu 2023-yilga nisbatan 5,5 foizga ko'proqdir. Kompaniyaning yillik daromadi esa 380 mln dollarga ko'payib, 91,85 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Pepsi brendining Rossiyadagi zavodi

2024-yilda AQShning alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi PepsiCo kompaniyasi 9,57 mlrd dollar sof foyda oldi. Bu 2023-yilga nisbatan 0,5 mlrd dollarga yoki 5,5 foizga ko‘proqdir. 

2023-yilda brendning daromadi 91,47 mlrd dollar bo‘lgandi. 2024-yilga kelib esa yillik daromadi 380 mln dollarga ko‘payib, 91,85 mlrd dollarni tashkil qildi. 

2023-yilda har bir aksiyaning sof daromadi 6,56 dollar bo‘lgandi. 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 6 foizga oshib, 6,95 dollarga yetdi. 

2024-yilning 4-choragida kompaniyaning daromadi 27,78 mlrd dollar bo‘lgandi. Shu vaqtdagi sof foydasi esa 2023-yilning 4-choragiga nisbatan 17 foizga oshib, 1,52 mlrd dollarni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, PepsiCo kompaniyasi Kaleb Bredxem tomonidan 1961-yilda asos solingan. Brendning bosh qarorgohi esa AQShning Nyu York shahrida joylashgan.

PepsiCo kompaniyasining bosh qarorgohi, Nyu York shahri

Eslatib o'tamiz, 2024-yilda PepsiCo kompaniyasining O'zbekistondagi "International Bevarages" MChJ korxonasi yil davomida 342,8 mlrd so'm soliq to'lagan.

Avvalroq, ushbu brendga raqobatdosh bo‘lgan The Coca-Cola kompaniyasining 2024-yilda qariyb 11 mlrd dollar sof foyda olgani haqida yozgandik.

#sof_foyda#pepsi#daromad

O’xshash yangiliklar

Eng ko'p o'qilgan