2024-yilda O’zbekistonda 1,1 mlrd so’mlik islomiy moliya xizmatlari ko’rsatildi

21.02.2025 12:56

21

2024 yilda mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar hajmi 1,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu barcha kreditlarning 0,008 foizini tashkil qiladi. Bunda, 1,1 mlrd so‘mlik “murobaha” va 7,4 mln so‘mlik “islomiy ijara” xizmatlari ko‘rsatilgan.

2024 yilda mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan jami 16 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Bu 2023-yilga nisbatan 85 foizga ko'proqdir. 

Infografika: Markaziy bank

Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar hajmi 2024-yilning avgust-dekabr oylarida 1,1 mlrd so‘mga yetgan holda, tizimdagi barcha mikromoliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan kreditlarning 0,008 foizini tashkil etgan.

“Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 3536, 2024 yil 26 iyul) qabul qilingandan so‘ng, mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berildi.

Infografika: Markaziy bank

Bunda, 1,1 mlrd so‘mlik “murobaha” va 7,4 mln so‘mlik “islomiy ijara” xizmatlari ko‘rsatilgan.

Avvalroq, mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning 2024-yilda erishgan moliyaviy natijalari haqida yozgandik.

#lombardlar#mmt#islomiy kreditlar

O’xshash yangiliklar

Eng ko'p o'qilgan