"PAYNET" AJ (Paynet to‘lov tashkiloti) 2025-yilning 1-choragidagi moliyaviy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Paynet 2025-yilning dastlabki 3 oyida 108 mlrd 635 mln so‘mdan ortiq sof foyda oldi. Bu 25-apreldagi dollar kursiga ko‘ra 8,38 mln dollardan ko‘proqni tashkil etadi.
Taqqoslash uchun, Paynet 2024-yilning shu davridagi sof foydasi qariyb 64 mlrd so‘mni tashkil etgandi. Shunday qilib, Paynet’ning sof foydasi so‘nggi bir yil ichida qariyb 45 mlrd so‘mga yoki 70 foizga oshdi.
Ma’lumot uchun, Paynet 2023-yilda 150,8 mlrd so‘m, 2024-yilda esa 87 foizlik o‘sishni qayd etib, 282 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgandi.
Shuningdek, kompaniya aktivlari chorak boshiga nisbatan 570 mlrd so‘mga ko‘payib, 1,4 trln so‘mdan ko‘proqni tashkil etdi.
2025-yil boshida kompaniyaning ustav kapitali 10,5 mlrd so‘m edi. Keyinchalik Paynet 547,6 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqarishi hisobiga ustav kapitali 558 mlrd so‘mga yetdi.
Bundan tashqari, chorak davomida Paynet’ning majburiyatlari 86 mlrd so‘mga, yoki 16,3 foizga qisqardi.
Ilgari Paynet’ning 2024-yildagi moliyaviy ko‘rsatkichlari haqida yozgandik. Agar Paynet fintex kompaniyasining tarixi qiziqtirsa, bu haqida ham maqola yozganmiz.