Click 1-chorakda qariyb 6 mln dollar sof foyda oldi

01.05.2025 09:39
Click kompaniyasi 2025-yilning yanvar-mart oylarida 73,2 mlrd so‘m (taxminan $5,67 mln) sof foyda oldi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,5 mlrd so‘mga yoki 29 foizga ko‘proqdir. Avvalroq, Click’ning asosiy raqobatchilari Payme hamda Paynet mos ravishda 73,7 mlrd so‘m va 108,6 mlrd so‘m sof foyda olgani ma’lum bo‘lgandi.

Foto: 2GIS

"Click" AJ 2025-yilning dastlabki 3 oyida 73,2 mlrd so‘m (amaldagi kurs bo'yicha $5,67 mln) sof foyda oldi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,5 mlrd so‘mga yoki 29 foizga ko‘proqdir.

Chorak davomida fintex kompaniyaning sof tushumi o‘tgan yilning 1-choragiga nisbatan 40 mlrd so‘mga oshib, 169,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Tushumning 88,3 mlrd so‘mi yoki 52 foizi xarajatlardan iborat bo‘ldi.

Shu davr mobaynida Click’ning aktivlari qiymati 16,7 mlrd so‘mga ko‘payib, 356,9 mlrd so‘mga yetdi. Shuningdek, hozirda kompaniya o‘z ustav kapitalini 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mga oshirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 1-choragida Click’ning asosiy raqobatchilari Payme va Paynet mos ravishda 73,7 mlrd so‘m va 108,6 mlrd so‘m sof foyda olgandi.

Avvalroq, Click fintex kompaniyasining tarixiga oid maqola yozgandik.

#paynet#payme#sof foyda#aktiv#click

Eng ko'p o'qilgan